科研速览 · Science Skim继续刷下去 · Keep skimming →
◆ Sanoatda raqamli texnologiyalar.2026-08-01· Samara

KO‘KDUMALOQ KONIDA XOM NEFTNI REZERVUARDA SAQLASHDA BUG‘LANISH YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI

Shohbozbek Samandaro'g'li Norqulov

原始摘要(英文原文)· Original abstract
Maqolada Ko‘kdumaloq neftni tayyorlash qurilmasining RVS-4000 №3 tovar rezervuarida yengil uglevodorod fraksiyalarining bug‘lanishidan yuzaga keladigan yo‘qotishlar baholangan. “Kichik nafaslar”, “katta nafaslar” va “teskari nafas chiqarish” bo‘yicha yillik yo‘qotishlar tarkibi aniqlanib, rezervuarni to‘ldirish-bo‘shatish sikllari chastotasining ta’siri tahlil qilingan. Ochiq rangli qoplama, disk-qaytargich, zichlovchi zatvorli ponton va azot yostiqchasi variantlari taqqoslangan. Texnologik va ekspluatatsion mezonlar bo‘yicha zichlovchi ponton maqbul yechim sifatida asoslangan. Neftning texnologik rezervuarda bo‘lish vaqtini 3 sutkadan 2 sutkagacha qisqartirish va 4000 m³ rezervuar o‘rniga 2000 m³ pontonli rezervuardan foydalanish bilan birga kompleks tadbirlar yiliga 121 tonna neftni saqlab qolishi, yillik iqtisodiy samara esa 56 102 AQSH dollari yoki 718,106 mln so‘mni tashkil etishi ko‘rsatilgan.
读原文 · Read the paper ↗

AI 追问PRO

登录后使用 AI 追问

讨论区

登录后参与讨论

相关论文 · Related

KO‘KDUMALOQ KONIDA XOM NEFTNI REZERVUARDA SAQLASHDA BUG‘LANISH YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI — 科研速览 Science Skim