Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social SciencesOpen accessPsychology

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR KOGNITIV RIVOJLANISHIDA MONTESSORI MUHITINING NEYROPEDAGOGIK ASOSLARI

Madinabonu Ismatullayeva

Key points

From the paper's conclusion
  • Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishida Mariya Montessori tomonidan taklif etilgan “Tayyorlangan muhit” (Prepared Environment) konsepsiyasining neyropedagogik va neyrofiziologik asoslari koʻrib chiqildi.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishida Mariya Montessori tomonidan taklif etilgan “Tayyorlangan muhit” (Prepared Environment) konsepsiyasining neyropedagogik va neyrofiziologik asoslari koʻrib chiqildi. Tadqiqot davomida ilk yoshdagi neyroplastiklik, sinaptogenez va sinaptik qisqarish (synaptic pruning) jarayonlarining Montessori didaktik materiallari prinsiplari bilan uzviy integratsiyasi ilmiy jihatdan oydinlashtirildi. Shuningdek, makon arxitekturasining sensor ortiqcha yuklama (sensory overload) profilaktikasidagi roli hamda harakat va oliy intellektual jarayonlar sintezining (gavdalangan kognitsiya) bosh miya faoliyatiga taʼsiri baholandi. Materiallardagi xatoni mustaqil nazorat qilish tizimining peshona boʻlagi (prefrontal cortex) va ijro etuvchi funksiyalarni (executive functions) rivojlantirishdagi neyrobiologik mexanizmlari hamda erkin tanlov va ichki motivatsiyaning dofaminergetik mukofotlash tizimi bilan bogʻliqlik qonuniyatlari tavsiflandi. Olingan natijalar asosida milliy maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilish imkoniyatlari aniqlandi va tegishli amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Read the paper

Discussion

Science Skim's AI key points, plus readers' public thoughts

Readers' thoughts

No reader thoughts yet.

Related papers