Rabdomiosarkoma bilan kasallangan bolalarning yashab qolish darajasini bashorat qilish
Azimova E.K., Saitov H.H., Mirzayev H.M., Karimova N.M., Бобомуродов Б.Ш., Jomurodov S.Z., Полатова Джамила Шагайратовна
Key points
From the paper's conclusion- Undan foydalanish yuqori xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu esa terapiyani kuchaytirish, yanada sinchkovlik bilan nazorat qilish yoki eksperimental davolash protokollariga o‘tish uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
Abstract
Rabdomiosarkoma bolalarda eng ko‘p uchraydigan mezenximal kelib chiqishga ega xavfli o‘smadir. Jahon statistikasi yiliga 1 million bolaga 4-5 ta holatni, ko‘pincha bosh va bo‘yin sohasida qayd etadi. Biroq, ayrim mamlakatlarda onkologik kasalliklar to‘liq ro‘yxatga olinmaganligi sababli, ushbu patologiya bo‘yicha aniq ma’lumotlar hamma joyda ham mavjud emas. O‘zbekistonda rabdomiosarkoma bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistik ma’lumotlar deyarli mavjud emas, shu sababli maqolada xalqaro ma’lumotlar bilan taqqoslangan holda kasallanishning taxminiy ko‘rsatkichlari keltirilgan, shuningdek, tashxis qo‘yishning qulayligi va bemorlarning omon qolishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.Materiallar va usullar. O‘zbekistonda, Toshkent shahridagi bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida prospektiv tadqiqot o‘tkazildi. 55 nafar bolada birlamchi xavfli o‘smalar bilan og‘rigan bolalarning umumiy kasallanishi va yashovchanligini qamrab olgan 2022-2025-yillardagi 7-sonli statistik shakllar tahlil qilindi. Kasallikning asosiy alomatlari 9,1% hollarda siydik-tanosil tizimi buzilishlari, 5,5% bemorlarda esa nafas olish va burun simptomlari kuzatilgan. Ko‘pincha bosh va bo‘yin sohasi (taxminan 41%), keyin siydik-tanosil tizimi (29,1%), oyoq-qo‘llar (~20%) va tana (9,1%) zararlangan. 55,8% hollarda bosh va bo‘yin sohasidagi patologiya izolyatsiyalangan shikastlanish sifatida namoyon bo‘ldi, ammo 9,3% hollarda o‘ziga xos respirator-burun simptomlari kuzatildi: burun orqali nafas olishning qiyinlashishi, burun orqali ovoz va ekzoftalm.Natijalar. Taklif etilayotgan prognostik shkala regression tahlilda o‘zining statistik ahamiyatini isbotlagan parametrlarga asoslangan. Model bemorlarning stratifikatsiyasida yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi (r=0,0023; C-indeks 0,721), aniqlik bo‘yicha EpSSG tizimidan sezilarli darajada ustun keldi (C-indeks 0,516), bu esa ushbu tadqiqot doirasida past bashorat qiymatini ko‘rsatdi. Vositaning amaliy ahamiyati davolash taktikasini o‘zgartirish imkonini beruvchi ikkita o‘zgaruvchan omilning mavjudligi bilan bog‘liq. Shkala induksion terapiya tugagandan so‘ng, to‘liq ma’lumotlar to‘plami mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Undan foydalanish yuqori xavf guruhidagi bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu esa terapiyani kuchaytirish, yanada sinchkovlik bilan nazorat qilish yoki eksperimental davolash protokollariga o‘tish uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
Read the paper
Discussion
Science Skim's AI key points, plus readers' public thoughts
Readers' thoughts
No reader thoughts yet.
Related papers
- Treatment patterns and outcomes of pediatric rhabdomyosarcoma in a resource-limited setting: A retrospective study from a tertiary hospital in EthiopiamedRxiv · 2026
- Rhabdomyosarcoma in Children: A Retrospective Analysis of 12 Cases.Cureus · 2026
- Two decades of age-standardized rectal cancer incidence and its geographic disparities in KazakhstanScientific Reports · 2026
- Auf dem Weg zur personalisierten Nephroblastom-BehandlungDie Onkologie · 2026
- Insights into rhabdomyosarcoma in the adolescent and young adult population: a comprehensive clinical study from the French Society of Pediatric Oncology (SFCE) Malignant Mesenchymal Tumor (MMT) Committee and the French Sarcoma Group (GSF-GETO).ESMO open · 2026
- Assessment of suffering in Tunisian adolescents with sarcoma: A descriptive study.Canadian oncology nursing journal = Revue canadienne de nursing oncologique · 2026