科研速览 · Science Skim继续刷下去 · Keep skimming →
◆ YANGI DAVR ILM-FANI INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR2026-08-29

PLOCAMA VASSILCZENKOI (LINCZ.) M. BACKLUND & THULIN TURINING TUPROQ SUBSTRAT TIPLARI VA BALANDLIK MINTAQALARI BO'YICHA EKOLOGIK TAHLILI

Maxmudjon Maxmudov

原始摘要(英文原文)· Original abstract
Ushbu tadqiqotda Rubiaceae oilasi Putorieae tribiga mansub endemik takson — Plocama vassilczenkoi (Lincz.) M. Backlund & Thulin — turining tuproq substrat tiplari va balandlik mintaqalari bo'yicha miqdoriy ekologik tahlili amalga oshirildi. TASH va FRU gerbariy fondlari kataloglari, nashr etilgan floristik sintezlar va 2020–2025 yillardagi tizimli dala ekspeditsiyalari asosida jami 36 ta uchrash yozuvi tahlil qilindi (ulardan 33 tasida aniq balandlik ma'lumotlari mavjud). Turning balandlik diapazoni 406–1521 m ni qamrab oladi (M = 790 m; SD = 277 m). Q.Z.Zokirov [13] balandlik mintaqalanish tasnifi asosida turning ekologik optimumi adir mintaqasining quyi qismida — 500–800 m oralig'ida ekanligi aniqlandi (balandlik ma'lumoti mavjud 33 ta yozuvning 45,5%; χ²(3) = 10,52; p = 0,015). Substrat tahlilida adir va chap adirlik biotoplari (36,1%), tog'oldi–yonbag'ir substratlari (19,4%), shag'alli (13,9%) va toshloq-tik yonbag'ir (11,1%) substratlar asosiy yashash joylarini tashkil etadi (χ²(6) = 18,06; p = 0,006). Uchta floristik okrug — G'arbiy Tyanshan (33%), Farg'ona-Oloy (53%), Qo'histon (14%) — doirasida turning tarqalish xususiyatlari tavsiflab berildi. Natijalar turning ixtisoslashgan xerofit-petrophit ekologiyasini miqdoriy jihatdan tasdiqlaydi va habitat-markazli muhofaza choralarini ilmiy asoslaydi.
读原文 · Read the paper ↗

AI 追问PRO

登录后使用 AI 追问

讨论区

登录后参与讨论

相关论文 · Related

PLOCAMA VASSILCZENKOI (LINCZ.) M. BACKLUND & THULIN TURINING TUPROQ SUBSTRAT TIPLARI VA BALANDLIK MINTAQALARI BO'YICHA EKOLOGIK TAHLILI — 科研速览 Science Skim