ELEKTROMOBIL BATAREYALARINI ZARYADLASH JARAYONIDA YASHIRIN KRITIK HOLATLARNI AMALIY DIAGNOSTIKA QILISH METODIKASI
Nazirjon Karimxodjayev, Biloldin Ismatov
Key points
From the paper's conclusion- Ushbu maqolada BMS tomonidan kuzatiladigan tashqi signallarning shunday “yashirin” holatlarni qanchalik o‘z vaqtida qamrab olishini laboratoriya etalon o‘lchovlari - reference electrode (RE) va ichki termojuft - yordamida tekshirish uchun amaliy diagnostika metodikasi taklif etiladi.
Abstract
Elektromobil BMS tizimlari batareyaning xavfsizligini asosan terminal kuchlanish, tok va sirt harorati asosida baholaydi, biroq bu signallar hujayra ichidagi elektrokimyoviy holatni bevosita aks ettirmaydi - natijada tez zaryadlash rejimlarida litiy cho‘kishiga xos ichki og‘ishlar sezilmasdan qolishi mumkin. Ushbu maqolada BMS tomonidan kuzatiladigan tashqi signallarning shunday “yashirin” holatlarni qanchalik o‘z vaqtida qamrab olishini laboratoriya etalon o‘lchovlari - reference electrode (RE) va ichki termojuft - yordamida tekshirish uchun amaliy diagnostika metodikasi taklif etiladi. Metodika RE’ni ishlab chiqarish BMS’iga integratsiya qilinadigan sensor sifatida emas, balki mavjud BMS qoidalarini sinovdan o‘tkazuvchi mustaqil benchmark vositasi sifatida qo‘llashga asoslangan. 1 Ah LFP/grafit pouch hujayrada (25 °C, ≈0,33 A, uch sikl) o‘tkazilgan sinovda ichki etalon signalning tayanch hodisasi qayd etilgan vaqtda standart kuchlanish chegaralari (4,00 V; 4,10 V) uni bir necha yuz soniyadan bir necha ming soniyagacha kechikib qamragani, aksincha past darajadagi eksplorativ skrining nuqtasi esa ancha oldinroq ogohlantirish signali berishi mumkinligi ko‘rsatildi. Mustaqil prizmatik hujayra tajribasida ichki–sirt harorat farqi tok kuchi ortishi bilan sezilarli darajada kengayishi kuzatildi. Ushbu kuzatishlar asosida “qabul qilish–sinxronlash–skrining–qaror–amaliy harakat” bosqichlaridan iborat besh bosqichli diagnostika algoritmi va signal qamrovini erta/kechikkan/o‘tkazib yuborilgan toifalarga ajratuvchi baholash sxemasi ishlab chiqildi. Ishning maqsadi - mavjud BMS arxitekturasini almashtirish emas, balki uni validatsiya qilish va servis darajasidagi diagnostika qarorlarini qo‘llab-quvvatlashdir; olingan chegara qiymatlari universal xavfsizlik mezoni sifatida emas, balki metodik skrining nuqtalari sifatida talqin etiladi. Natijalarning kengroq elektrokimyoviy asoslanishi va statistik validatsiyasi tadqiqot dasturining alohida, chuqurroq nashrida ko‘rib chiqiladi; mazkur maqola esa amaliyotchi muhandislar va servis xizmatlari uchun mo‘ljallangan qo‘llanma-metodika sifatida shakllantirilgan.
Read the paper
Discussion
Science Skim's AI key points, plus readers' public thoughts
Readers' thoughts
No reader thoughts yet.
Related papers
- Deep learning-based EV battery fault diagnosis using RBBMO with CAR-TATNET detection approach.Frontiers in artificial intelligence · 2026
- Deep learning-based battery health prediction for enhancing electric vehicle performanceScientific Reports · 2026
- Multi-level early warning of thermal runaway based on internal pressure-temperature fusion for lithium-ion batteriesGreen Energy and Intelligent Transportation · 2025
- Multi-model collaborative early warning for battery systems with integrated fiber optic sensors.Nature communications · 2026
- On-Board Implementation of Thermal Runaway Detection in Lithium-Ion Battery Packs: Methods, Metrics, and ChallengesEnergies · 2026
- Optimizing temperature prediction in automotive lithium-ion battery discharge cycles using machine learning and SHAP analysisFrontiers in Mechanical Engineering · 2026